Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

© Fotoxost ShOS / Mediabankka o‘tishAbdudjabbor Raxmonzoda. Arxivnoe foto
Abdudjabbor Raxmonzoda. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublikaning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublikaning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi.
"Rahmonzoda Abdujabbor Azizi Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlansin", - deyilgan hujjatda.
Abdujabbor Rahmonzoda 1959-yil 15-martda Ko‘lob shahrida tug‘ilgan. Filologiya fanlari doktori, professor.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
U respublikaning Televidenie va radioeshittirish qo‘mitasi raisi, ta’lim vaziri, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.
2014 yil 15-dekabrdan u Tojikiston prezidentining ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0