Bulung‘urlik veteranga prezident sovg‘asi topshirildi

© Press-slujba Bulungurskogo rayonaVeteran VOV Urazali Pirmanov
Veteran VOV Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Boboga 12 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan poytaxtida barpo etilgan G‘alaba bog‘ining oltin suvi yugurtirilgan maketi topshirildi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. Bulung‘ur tumani Niyozmat mahallasida yashovchi va ayni vaqtda tumandagi yagona Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi O‘razali bobo Pirmanovga prezident sovg‘asi topshirildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga tuman matbuot-xizmati.
Yaqinlashib kelayotgan 9-may "Xotira va qadarlash shuni" munosabati bilan otaxonni tabriklash uchun Bulung‘ur tumani hokimi Bahodir Baxromov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman sektor rahbarlari, harbiylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari mazkur xonadonda bo‘lishdi.
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir nafar II jahon urushi qatnashchisi qolgan
Otaxonga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov tomonidan prezident tabrigi o‘qib eshittirildi va prezident sovg‘asi, 12 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan poytaxtda barpo etilgan G‘alaba bog‘ining oltin suvi yugurtirilgan maketi topshirildi.
Tadbir davomida tuman hokimi boboga tegishli barcha esdalik buyumlarni bir joyga jamlash va kichik bir uy-muzey tashkil etish lozimligini ta’kidladi.
Zero, O‘razali bobo kabi ulug‘ insonlarning hayot yo‘li barcha uchun ham ibratli bo‘lib, uni kelgusida ham yoshlar orasida faol targ‘ib etish lozim, deya ta’kidladi tuman hokimi.
Yangiliklar lentasi
0