Jamiyat

Oʻzbekiston 10 maydan boshlab Hindiston va Turkiyaga charter reyslarni toʻxtatmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSamolet Boing 777-300 ER aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Boing 777-300 ER aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun moʻljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar toʻxtatish;
TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Oʻzbekiston Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ushbu cheklovlar "tegishli tashlikotlar taklifini inobatga olgan holda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infektsiyaning yangi shtammlarini mamlakatga kirib kelishini oldini olish maqsadida" qabul qilingan.
Mujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetыy v odejdu, napominayuщuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rыnku, prizыvaya lyudey soblyudat protokolы bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Dunyoda
Hindistonga "koronavirus shtormi" yopirildi: mamlakatda nimalar roʻy bermoqda
Shu tariqa, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ayrim davlatlar bilan oʻzaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan.
Jumladan, Istanbul shahridan Fargʻona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar toʻxtatish;
Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun moʻljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar toʻxtatish;
Toshkent-Istanbul yoʻnalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, Hindiston va Turkiyadan uchib kelayotgan har bir shaxs tomonidan mamlakatimizga kirib kelganidan soʻng karantinda boʻlishlari yuzasidan ogohlantirilganligi yuzasidan tilxat toʻldiriladi.
Bunda aeroportdan boradigan yashash manzili, telefon raqami va karantin talablarini buzganda qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Koronavirusnыy shtorm  v Indii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Dunyoda
COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi
Shuningdek, kasallik kirib kelishi qamrovini aniq baholash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati taklifiga muvofiq, Hindiston yoki Turkiyadan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslardan koronavirus infektsiyasiga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan PZR tekshiruvini oʻtkazish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.
Ulardan koronavirus infektsiyasiga PZR test namunasi aeroport kutib olish zalida olinadi va belgilangan tartibda uy yoki mehmonxonada 14 kun davomida karantinda boʻlish uchun joʻnatiladi.
PZR test tahlili 18 soat ichida musbat chiqqan taqdirda belgilangan tartibda davolash ishlarini tashkillashtiradi;
PZR test tahlili natijasi manfiy chiqqan taqdirda shaxs 14 kunlik karantinda boʻlishi davom ettiriladi. Oʻzbekistonga havo yoʻllari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infektsiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala