Jamiyat

Oʻzbekiston taksi faoliyatini soddalashtirmoqda - tafsilotlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTaksi
Taksi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi
TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidentining qarori eʼlon qilindi.
Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida: Moliya vazirligi va Transport vazirligining 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxiriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilishi belgilangan.
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Jamiyat
Endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatidan foydalanish mumkin
yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
litsenziya varaqasi 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil transporti mavjud boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar "Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stantsiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
yakka tartibdagi tashuvchilarga yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
Letayuщiy avtomobil PAL-V na Jenevskom avtosalone 2018 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Foto
Kelajakka qaytib: dron-taksi va uchar avtomobillar
yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
yakka tartibdagi tashuvchilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydilar.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar:
a) yakka tartibdagi tashuvchilar oʻz faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi;
b) agregatorlar xizmatidan foydalanishning shartlari etib:
yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarda yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yoʻlovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega boʻlish;
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarda hamda agregatorlar tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik koʻrikdan oʻtish;
“Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan va “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan texnik xizmat koʻrsatish stantsiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba texnik koʻrikdan oʻtish;
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston xizmat koʻrsatish sohasini tezkor rivojlantirishga 500 million dollar ajratmoqda
v) agregatorlik xizmatlarini koʻrsatish shartlari etib:
mijozlarni izlash boʻyicha maxsus dasturlarni Davlat soliq qoʻmitasining elektron axborot bazasi hamda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash;
oʻz xizmatlarini faqatgina yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yoʻlovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega boʻlgan shaxslarga koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomiga ega boʻlish belgilansin.
Bunda agregatorlar tomonidan ushbu talablarni bajarmasdan faoliyatni amalga oshirish holatlari aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu xizmatdan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali foydalanish maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanadi.
Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga:
yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
Elektromobil Baic Senova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2020
Jamiyat
Toshkentda 500ta elektromobil taksi paydo boʻladi
yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi.
- Yoʻlovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi talablar 2023 yil 1 yanvarga qadar toʻxtatib turiladi.
- Yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talablari bekor qilinsin.
- Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi talablar joriy etiladi:
avtomobil transportining tepasiga “TAXI” tanish belgili toʻq sariq rangli fonar oʻrnatish;
toʻlovni amalga oshirish, shuningdek, bosib oʻtilgan yoʻlni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) boʻlishi;
avtomobil transportining priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotlar tablichkasi mavjud boʻlishi.
Bunda, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar uchun mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga qoʻshimcha ravishda avtomobil transportining yon tomonlariga Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan sxema boʻyicha kompozitsiyani aks ettirish talabi belgilansin.
Transport vazirligi 2021 yil 1 avgustga qadar:
koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar hamda agregatorlar tomonidan oylik tibbiy koʻrik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin;
Volkswagen ID.4 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Dunyoda
2021 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
texnik xizmat koʻrsatish stantsiyalari davriy texnik koʻrik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ularda zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomobil transportining texnik koʻrigidan avtomatlashtirilgan tarzda oʻtish imkoniyatini yaratsin.
Davlat soliq qoʻmitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar avtomobil transportining yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, elektron yoʻl varaqalari, shuningdek, tibbiy koʻrikdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning idoralararo almashinuvi boʻyicha yagona elektron platformani ishga tushiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala