Siyosat

Mirziyoyev: Biz – bugungi minnatdor avlodlar jasur otalarimiz bilan umrbod faxrlanamiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы v memorialnom komplekse "Oda stoykosti"
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы v memorialnom komplekse Oda stoykosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Tadbir televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish qilindi. Davlat rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi bayram ishtirokchilari, nuroniylar bilan videoaloqa orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun Oʻzbekiston xalqini tabrikladi.
"Bugungi shonli sanani biz doimo cheksiz quvonch va cheksiz iztirob bilan nishonlaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻidagi amfiteatrda boʻlib oʻtgan bayram tadbirida.
Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 76-y godovщinы Pobedы v VOV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Siyosat
Sovet xalqi natsizmga tarixiy hukm eʼlon qilgan va "jigarrang vaboni" yenggan - Putin
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng katta, eng mashʼum qirgʻindir. Olti yil davom etgan bu urushda oʻsha paytda dunyodagi 73 ta davlatdan 62 tasi, Yer yuzi aholisining 80 foizi ishtirok etgan. Yevropa, Osiyo va Afrika qitʼalaridagi 40 ta davlatni bevosita qamrab olgan qurolli toʻqnashuvlarga 110 million kishi safarbar etilgan va jami 70 million kishi halok boʻlgan.
Bu urushda qatnashgan, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan ota-bobolarimiz va momolarimizning beqiyos mardlik va matonati insoniyat tarixiga buyuk sahifa boʻlib yozilgan.
"Biz – bugungi minnatdor avlodlar sizlar kabi jasur otalarimiz bilan umrbod faxrlanamiz. Mana shu hayajonli daqiqalarda sizlarning jang maydonlaridagi buyuk qahramonligingiz, urushdan keyin mamlakatni tiklash va rivojlantirish yoʻlida qilgan fidokorona xizmatlaringiz uchun barchamiz bosh egib taʼzim qilamiz. Oradan yana qancha yillar, asrlar oʻtmasin, sizlarning fashizmga qarshi koʻrsatgan matonatingizni xalqimiz hamisha qalbida, xotirasida saqlaydi, bu jasorat yoshlarimiz uchun abadiy ibrat namunasi boʻlib qoladi", – dedi prezident.
Uchastnik Velikoy Otechestvennoy voynы, veteran Georgiy Lyubimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2019
Analitika
Veteran Georgiy Lyubimov oʻzbekistonlik yoshlarni doimo oʻz ustilarida ishlashga chaqirdi
1941 yil arafasida respublikamiz aholisi 6 million 800 mingdan ziyod boʻlgan. Urush boshlanishi bilan, shundan qariyb 2 millioni frontga otlangan. Bu qahramon insonlarning 500 mingdan ziyodi janglarda halok boʻlgan.
"Biz bu raqamlarni har yili qayta-qayta esga olamiz. Bular shunchaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida mushtipar onalarimiz, momolarimiz, mard va jasur otalarimiz, butun xalqimiz qalbidagi cheksiz qaygʻu va hasrat mujassam. Bu dardu alamlarni hech qanday raqam, hech qanday soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi", – dedi davlat rahbari.
Urushdan jabr koʻrgan 1 million 500 mingdan ortiq keksalar, ayollar va bolalar respublikamizga koʻchirib keltirilgan. Ularning 250 mingdan ziyodi ota-onasidan ayrilgan bolalar edi.
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Jamiyat
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida bir nafar II jahon urushi qatnashchisi qolgan
"El-yurtimiz mudhish urush yillarida oʻzining yuksak gumanistik fazilatlarini namoyon etdi. Oʻzbekistonga olib kelingan turli millatga mansub ming-minglab insonlarga boshpana berdi, mehr-shafqat, odamiylik koʻrsatib, eng soʻnggi nonini ham ular bilan baham koʻrdi. Xalqimizning bunday ulkan jasorati, olijanobligi butun dunyoda hurmat-eʼtirofga sazovor boʻldi. Va bu bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Urush fojialaridan saboq chiqarib, tinchlik uchun kurashish bugun har qachongidan ham dolzarb boʻlib borayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston oʻz strategiyasiga muvofiq, tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlikni asrash, davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash yoʻlidan boradi.
Tadbir televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish qilindi. Davlat rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi bayram ishtirokchilari, nuroniylar bilan videoaloqa orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirga kelgan urush va mehnat faxriylari bilan salomlashib, hol-ahvol soʻradi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Keksalar mamlakatga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi.
Prezident nuroniylar bilan birga bayramga bagʻishlangan kontsert dasturini tomosha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala