Siyosat

“Xitoy-Markaziy Osiyo” TIV uchrashuvi: muhokama qilinadigan masalalar

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
“Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi toʻgʻrisida.
TOSHKENT, 10 may — Sputnik. 11-12-may Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida boʻlib oʻtadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif bilan boradi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodyaщego v Tsindao Sammita SHOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Vazirlar uchrashuvi chogʻida oʻzaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, transport yoʻlaklari bogʻliqligiga koʻmaklashish va uzluksiz savdoga keng yoʻl ochish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi va “Ipak yoʻli” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq soʻzlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala