Jamiyat

Davlat soliq qoʻmitasi deputat Rasul Kusherbayev bilan sudlashmaydigan boʻldi

© Press-slujba GNKVstrecha predstaviteley profsoyuza GNK s deputatom Rasulom Kusherbayevыm
Vstrecha predstaviteley profsoyuza GNK s deputatom Rasulom Kusherbayevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Davlat soliq qoʻmitasi va Rasul Kusherbayev oʻrtasidagi masala sudgacha olib borilmasdan toʻxtatildi
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev oʻrtasidagi masala sudgacha olib borilmasdan, toʻxtatishga qaror qilindi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, tomonlar uchrashgan va muzokaralar davomida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishgan.
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
“Maʼnaviy zarar 4,6 mlrd soʻm”: Davlat soliq qoʻmitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi
“Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, yaʼni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yoʻlida xizmat qilish ekanligi taʼkidlandi. Masalani sudgacha olib bormasdan, toʻxtatishga qaror qilindi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Davlat soliq qoʻmitasi Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi “Soʻz blogerlarga” koʻrsatuvida aytgan gaplarini haqoratomuz deb hisoblab, uni sudga bergan edi. Daʼvo arizasida deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd soʻm zarar yetkazganligi koʻrsatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala