Analitika

Markaziy Osiyo nega oʻz hududida AQSH bazalarini qabul qilmaydi - ekspertlar xulosasi

© Foto : Public domain / DVIDS / SSgt Eunique StevensAmerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Biroz oldin Wall Street Journalda AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan Markaziy Osiyo respublikalari hududiga koʻchirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston Afgʻonistondan olib chiqib ketilayotgan AQSH harbiylarini oʻz hududida qabul qilishga rozi boʻlmaydi, deb hisoblashmoqda rossiyalik ekspertlar.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
“AQSH tomonidan ana shunday urinishlar boʻlish ehtimoli katta. Vashington strategik aviatsiyani joylashtirish uchun yangi bazalar qidirayotgani boʻlishi mumkin. Markaziy Osiyodan turib ular Eron, Xitoy va Rossiyaga tahdid solishi mumkin. Shu vaqtga qadar AQShning hududdagi “quruqlik aviatashuvchisi” boʻlgan Afgʻonistondan ularni siqib chiqarishmoqda”, - deydi Yevroosiyo tahliliy klubi aʼzosi Nikita Mendkovich.
Mendkovich aytishiga koʻra, Afgʻoniston AQShning strategik maqsadlariga erishi uchun “ideal maydon” edi. Endi boʻlsa qoʻshinlarni “sobiq Ittifoq respublikalaridan biriga koʻchirish- mantiqqa toʻgʻri keladi. Axir u yerda parvoz imkoniyatlari bir xil, lekin toliblar xavfi yoʻq”.
Lekin Toshkent va Dushanbe amerikaliklar talabiga rozi boʻlmaydi, chunki Tojikiston KXSHT shartnomasi aʼzosi hamda u yerda ayni damda Rossiyaning 201-harbiy bazasi joylashtirilgan.
“Oʻzbekiston ham soʻnggi yillarda Moskva bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. AQSH qoʻshinlarini mamlkatda joylashtirish Toshkent uchun ana shunday aloqalar uzilishini anglatadi”, - deydi Mendkovich.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarida AQSH qoʻshinlarini joylashtirish – Xitoy bilan mojaro va aloqalar uzilishini anglatadi. Be ham iqtisodiy foydali emas.
Masalaning yana bir tomoni: ushyuu bazalar bir vaqtning oʻzida turli xil terrorchilar va afgʻon qurollangan muxolifati uchun “tortish markaziga” aylanadi, deb hisoblaydi siyosatchi.
Bu bilan Oʻzbekiston va Tojikiston oʻz xavfsizligini jiddiy tahdid ostiga qoʻyishi va hudud barqarorligi buzilishi mumkin.
Harbiy ekspert Viktor Muraxovskiy aytishiga koʻra, AQSH oldingi safar hamkorlik davrida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni buzgan va shu sababli ushbu davlatlar ikkinchi bor AQSH bilan bu yoʻnalishda hamkorlikka rozi boʻlishi amri mahol.
“Mening fikrimcha, AQSH Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bian XXI asrning birinchi oʻn yilligida erishilgan shartnomalarni oʻz qoʻllari bilan buzib tashladi. Oʻshanda hukumatlararo kelishuvga koʻra Amerika va aksilterror koalitsiya harbiylari Xonobod hamda Manas aerodromlarida joylashtirilgan edi”, - deydi Maraxovskiy.
Amerikanskiye voyennoslujaщiye v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Dunyoda
AQSH Afgʻonistondagi harbiylarini Markaziy Osiyo davlatiga joylashtirishi mumkin
Uning fikriga koʻra amerikaliklar Oʻzbekistonning bugungi hukumati bilan oldingi salbiy hamkorlik tajribasini takrorlashi amri mahol.
Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston 2020 yilda ilk bor Rossiya bilan hamkorlikda Termiz yaqinida qoʻshma mashqlar oʻtkazgan edi. Ushbu manyovrlar AQSH harbiylarining ketishi va Tolibon* tahdidiga javob timsoli boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, AQSH harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqish 2021 yilning 1 mayidan boshlangan edi va ittifoqdoshlar bilan hamkorlikda 11 sentyabrga qadar toʻliq yakunlanishi kerak.
2020 yilda amerikaliklar Doxada Tolibon* rahbariyati bilan tinchlik shartnomasi imzolashgan edi. Bu soʻnggi 10 yillar davomda ilk tinchlik shartnomasi boʻldi. Shartnomaga muvofiq barcha xorijiy qoʻshinlar mamlakatdan 14 oy davomida olib chiqib ketilishi kerak. Shundan soʻng Afgʻoniston ichidagi muxolif tomonlar orasida tinchlik muzxokaralari boshlanadi.
* Tolibon– Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala