Jamiyat

Ar-Riyod–Toshkent yoʻnalishida haftasiga uch marta muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

© AFP / FAYEZ NURELDINESamolyot aviakompanii "Flynas"
Samolyot aviakompanii Flynas - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston turizm salohiyatini keng targʻib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyushtirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Saudiya Arabistonining “Flynas” aviakompaniyasi joriy yil 12 iyundan boshlab Ar-Riyod–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mazkur aviakompaniya vakillari oʻrtasida kechgan onlayn muloqot davomida maʼlum boʻldi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, muloqotda Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston turizm salohiyatini keng targʻib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyushtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Saudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tыsyach tonn finikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Jamiyat
Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonga 50 tonna xurmo sovgʻa qildi
“Flynas” parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini koʻpaytirish, Oʻzbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, u yerda Oʻzbekiston turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala