Rossiya

Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan qutladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye Uraza-bayrama v Rossii
Prazdnovaniye Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Rossiya rahbari musulmonlar mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgani hamda xayriya, taʼlim va maʼrifiy tashabbuslarga eʼtibor qaratayotganini taʼkidlagan.
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Tabrik Kreml saytida chop qilingan.
“Rossiyada islom izdoshlari ota-bobolarining koʻp asrli tarixiy, diniy, madaniy anʼanalariga buyuk ehtirom bilan qarashadi, ularni avaylab avloddan-avlodga berib kelishmoqda”, - deyiladi Rossiya yetakchisi tabrigida.
Putin musulmonlar mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgani, davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlayotgani hamda xayriya, taʼlim va maʼrifiy tashabbuslarga eʼtibor qaratayotganini taʼkidlagan.
Moskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Rossiya
Moskva masjidlarida bu yilgi hayit namozi ommaviy boʻlmaydi
Shuningdek, u odamlarga qiyinchilikni yengishga yordam berayotgan musulmon tashkilotlarining fidokorona faoliyatini alohida qayd etgan.
Bu yil dunyo moʻmin-musulmonlari ulugʻ va muborak ayyom – Ramazon hayitini 13 may kuni nishonlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala