Analitika

Ekspert: AQSH kiberxavfsizlik muzokaralarida ishtirok etishi - bu Rossiya muvaffaqiyati

© REUTERS / COLONIAL PIPELINEToplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
Toplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Aynan ushbu masalada Rossiya AQShni bir necha bor muzokaralarga taklif qilgan boʻlsada, lekin AQSH har doim bundan voz kechib kelayotgan edi.
AQSH prezidenti Jo Bayden kiberjinoyatchilar borasida Rossiya bilan “toʻgʻridan-toʻgʻri” muloqot haqida aytib oʻtdi. Siyosatchi Aleksey Zudin Sputnik radiosi efirida nima sababdan ushbu holat alohida ahamiyatga ega ekanini aytib oʻtdi.
Bayden Oq uyda qilgan chiqishida AQShning eng yirik neft oʻtkazuvchi quvuri Colonial Pipelinega uyushtirilgan hujumda Rossiya hukumatining aloqasi yoʻqligini taʼkidladi, lekin xakerlar Rossiya hududida boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi AQSH yetakchisi.
“Biz Rossiya hukumati hujumda ishtirok etgan deb hisoblamaymiz, lekin bizda jinoyatchilar Rossiya hududidan turib hujum qilgani va u yerda yashashi mumkin degan asosli dalillar bor. Biz hozir tovon puli talab qilayotgan tarmoqlarga qarshi qanday chora qoʻllash borasida Rossiya bilan muloqot qilmoqdamiz. Biz ularning faoliyatini buzmoqchimiz”, - dedi Bayden.
Eslatib oʻtamiz, AQShning eng yirik neft quvuri - Colonial Pipeline oʻzini DarkSide deb nomlovchi xakerlar guruhi hujumiga uchragan edi. Xakerlar kompaniya talab qilingan mablagʻni toʻlamasa neft quvurini butunlar bloklab qoʻyish bilan poʻpisa qilishgan edi. Neft yetkazib yerishda uzilishlar tufayli Buning oqibatida AQShda neft va benzin narxlari oshib ketgan edi.
MGIMO (Moskva xalqro munosabatlar universiteti) siyosatshunoslik fakultuti katta oʻqituvchisi Aleksey Zudin ushbu hodisani “Rossiya yutugʻi” deb baholaydi.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Bayden AQSH Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini maʼlum qildi
Ushbu muzokaralarda ilk bor kiberxavfsizlik masalasi muhokama qilinishi juda muhim, chunki oldin Rossiya tomonidan ana shu mavzuda muzokara oʻtkazishni bir necha bor taklif etgan boʻlsa-da, AQSH turli sabablarni vaj qilib, ulardan voz kechib kelgan edi.
Baydenning ushbu gapida kiberxavfsizlik borasida Rossiya nuqtai-nazari qoʻllab-quvvatlangan va muzokaralar haqida aytib oʻtilgan. Bu soʻzsiz - Rossiya muvaffaqiyatidir, deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala