Dunyoda

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarada qoʻlga olinganlar bilan oʻzaro almashdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye voorujennыx sil Kirgizii
Voyennoslujaщiye voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Har ikki mamlakat asirga olingan fuqarolari kaltaklanganini iddao qilmoqda.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarada qoʻlga olingan fuqarolar bilan oʻzaro almashdi. Bu haqda RIA Novosti Qirgʻiziston davlat chegara xizmati maʼlumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Qirgʻiziston tomoni taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, uch nafar Tojikiston fuqarosi tranzit yoʻlidan oʻtish qoidasini buzganlik uchun qoʻlga olingan. Shu vaqtda 30-40 nafar tojikistonliklar Vorux anklavi orqali Tamdik shaharchasidan Aksay qishlogʻiga ketayotgan uch nafar Qirgʻiziston fuqarosini oʻzboshimchalik bilan ushlashgan.
“Respublikalarning Botken va Soʻgʻd viloyatlari rahbarlarining muzokaralari oʻtkazildi, ular yakuniga koʻra qoʻlga olinganlar bilan oʻzaro almashish qarori qabul qilindi. Bugun soat 13:30 daqiqada ikki respublikaning qoʻlga olingan fuqarolari tomonlarga topshirilgan”, - deyilgan xabarda.
Voyennыe Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻz qoʻshinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi
Agentlik suhbatdoshining taʼkidlashicha, tojikistonliklar tomonidan qoʻlga olingan Qirgʻiziston fuqarolari kaltaklangan. Oʻz navbatida, tojik OAVlarining yozishicha, Tojikiston fuqarolari ham qoʻlga olinishdan oldin kaltaklangan.
Aprel oxirida Qirgʻiziston va Tojikistonning chegara yaqinidagi hududlarda yashovchi aholisining mojarosi ikki mamlakatning qurolli toʻqnashuvini keltirib chiqardi. Qirgʻiz va tojik chegarachilarining toʻqnashuvlari olti soatdan ziyod davom etgan. Toʻqnashuvlardan har ikki tomondan 50 nafardan ziyod kishi halok boʻlgan, 300 nafarga yaqin kishi jabrlangan. 300 tadan ziyod uylar infratuzilma obʼyektlar vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan. Sulh toʻgʻrisidagi bitim 30 aprel kuni kechqurin imzolagan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring! >>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala