Tojikistonda O‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

Kinoteatr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Tadbir dasturidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlarni imzolash, kinonamoyishlar va ikki davlat kinoijodkorlarining uchrashuvlari o‘rin olgan.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Joriy yilning 19-22 may kunlari Tojikistonda O‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu tashabbus O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan bildirilgan.
Tadbir davomida tojikistonlik muxlislarga “Ilhaq”, “Rangsiz tushlar”, “Xalq yuragi”, “Hamkorlik bo‘yicha navbatchi” kabi yangi o‘zbek filmlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zbek kinosining nodir durdonalariga aylangan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Sehrli sandiq” singari filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Aziz Abduxakimov vstretilsya s kinorejisserom i produserom Timurom Bekmambetovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Abduhakimov va Bekmambetov O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirishga kelishishdi
O‘zbek kinosi kunlarining ochilishi 19-may kuni soat 19:00 da Dushanbe shahridagi "Navro‘z" saroyida bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlarni imzolash, kinonamoyishlar va ikki davlat kinoijodkorlarining uchrashuvlari o‘rin olgan.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan chop etilgan kitob va albomlarning taqdimoti ham o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0