Jamiyat

Toshkentda bachadon boʻyni rakiga skrining tekshiruvlari davom etmoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVrach-laborant
Vrach-laborant - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Roʻyxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan barcha ayollar BBR (bachadon boʻyni raki)ga bepul tekshirilmoqda.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, bunday kasalliklarga chalinish koʻrsatkichi yildan yilga oʻsib bormoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqida har yili 3,5 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Onkologik xastaliklar ichida eng koʻp uchraydigani sut bezi saratonidir. Keyingi oʻrinlarda meʼda, oʻpka va bachadon boʻyni saratoni turadi.
Bachadon boʻyni saratoni – bu 100 foiz oldini olish mumkin boʻlgan yagona saraton kasalligidir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanadi.
Vrach s patsiyentom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Jamiyat
Kovid: aniqlangan holatlar 97 mingdan oshdi, 2 kishi vafot etdi
Saraton kasalligidan oldin esa saraton oldi holatlar kuzatiladi. Agar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur boʻlgan vaqt yetarli boʻladi. Odam papilloma virusini erta tashxislash va davolash natijasida bachadon boʻyni saratoni bilan kasallanish va oʻlim holatlari kamayadi.
Shu maqsadda 8 apreldan Virusologiya ITI va Janubiy Koreyaning KOFIH fondi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Chilonzor tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, Yunusobod tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi va 1- va 2-sonli markaziy klinik-diagnostik poliklinikalarida BBSga skrining tekshiruvlari boshlandi. Roʻyxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan barcha ayollar BBR (bachadon boʻyni raki)ga bepul tekshirilmoqda.
Hozirgi kunda skrining jarayoni davom etmoqda. 1000 yaqin 30 yoshdan-49 yoshgacha boʻlgan ayollar BB rakiga tekshirildi va tekshirish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala