Jamiyat

Poytaxtda 1 noyabrga qadar barcha poliklinikalar toʻliq raqamlashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishS.Sobyanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvы
S.Sobyanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Shu yil 1 avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Yigʻilishda respublika markazlarida murakkab tashxisli kasalliklar va yuqori texnologik amaliyotlar bajarilishi ustuvor boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Shu bois, viloyat va tuman shifoxonalarida davolanadigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlab, quyi boʻgʻin shifokorlari malakasini oshirish choralari belgilandi.
Hokimliklarga hududiy tibbiyot muassasalarini angiograf, laparoskop, sunʼiy qon aylantirish kabi yuqori texnologik uskunalar va tibbiyot vositalari bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Jamiyat
Prezident cogʻliqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yoʻnalishda belgilab berdi
Shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlariga litsenziya berish tartibini soddalashtirib, jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish zarurligi aytildi.
Mamlakatda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi boʻlib, ularning faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulangan.
Sohani raqamlashtirish uchun bu yil byudjetdan 28 milliard soʻm ajratilgan boʻlsa-da, bu boradagi ishlar sust kechayotgani tanqid qilindi.
Shu bois, viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosar lavozimi tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta operator-hamshira vazifasi joriy etiladi.
Shu yil 1 avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirib, barcha hududlar va ixtisoslashgan markazlarni ulash, 1 noyabrga qadar Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni toʻliq raqamlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Avvalo, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, bolalarning toʻgʻri ovqatlanishini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi. Har bir hudud boʻyicha tahlillardan kelib chiqib, maqsadli skrininglar oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala