Poytaxtda 1-noyabrga qadar barcha poliklinikalar to‘liq raqamlashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishS.Sobanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvi
S.Sobanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Shu yil 1-avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Yig‘ilishda respublika markazlarida murakkab tashxisli kasalliklar va yuqori texnologik amaliyotlar bajarilishi ustuvor bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Shu bois, viloyat va tuman shifoxonalarida davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlab, quyi bo‘g‘in shifokorlari malakasini oshirish choralari belgilandi.
Hokimliklarga hududiy tibbiyot muassasalarini angiograf, laparoskop, sun’iy qon aylantirish kabi yuqori texnologik uskunalar va tibbiyot vositalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Prezident cog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda belgilab berdi
Shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlariga litsenziya berish tartibini soddalashtirib, jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish zarurligi aytildi.
Mamlakatda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi bo‘lib, ularning faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulangan.
Sohani raqamlashtirish uchun bu yil budjetdan 28 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar sust kechayotgani tanqid qilindi.
Shu bois, viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta operator-hamshira vazifasi joriy etiladi.
Shu yil 1-avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirib, barcha hududlar va ixtisoslashgan markazlarni ulash, 1-noyabrga qadar Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Avvalo, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Har bir hudud bo‘yicha tahlillardan kelib chiqib, maqsadli skrininglar o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0