Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada temir yoʻl qurilishiga jalb qilinadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishJeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
“Rossiya temir yoʻllari” OAJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida tegishli memorandum imzolandi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Rossiya hududida temir yoʻl infratuzilmasi obʼyektlarini qurish uchun oʻzbekistonlik mehnat migrantlari jalb qilinadi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Toshkentda “Rossiya temir yoʻllari” OAJ boshqaruvi raisi, bosh direktori Oleg Belozyorov bilan hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilgan.
“Rossiya delegatsiyasi rahbari Rossiya hududida temir yoʻl infratuzilmasi obʼyektlarini qurish uchun Oʻzbekistondan malakali kadrlarni jalb etishni nazarda tutib, mehnat migratsiyasi sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritdi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuv yakunida “Rossiya temir yoʻllari” OAJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida tegishli memorandum imzolandi.
Shuningdek, epidemiologik vaziyat oʻz iziga tushishi bilan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida muntazam yoʻlovchi temir yoʻl qatnovini bosqichma-bosqich qayta tiklashga birgalikda tayyorgarlik koʻrish borasida ham kelishuvga erishildi.
Uborka pshenitsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Migratsiya
Rossiyaga 187 nafar oʻzbekistonlik qishloq xoʻjaligi ishlarida ishlash uchun joʻnab ketdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala