Migratsiya

Moskvada yuzlab oʻzbekistonlik maosh kechikayotganidan shikoyat qildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqaro shikoyat qildi.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida joylashgan “Monolit kapital stroy” qurilish kompaniyasida mehnat qilayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar ish beruvchi tashkilotdan norozi boʻlib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
26 aprel kuni Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruh respublikaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi masʼul xodimlari bilan birgalikda voqea joyiga borib, vaziyatni oʻrgangandi.
19 may kuni Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasida fuqarolar bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan. Maʼlum boʻlishicha, qurilish obʼyektlarida mustaqil ravishda, ish beruvchi bilan oʻzaro kelishuv asosida ish boshlagan fuqarolarga ish haqlarining berilishi kechiktirilgan va bu holat ularning noroziligiga sabab boʻlgan.
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Migratsiya
Ikki yuzdan ortiq fuqaro ishlash uchun Rossiya va Janubiy Koreyaga joʻnab ketdi
Agentlik tomonidan yashash joyisiz qolgan fuqarolar bepul yotoqxona va 3 mahal ovqat bilan taʼminlangan, ishsiz qolganlarga boshqa ish joylari taklif qilingan.
Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqarolarning shikoyatlari asosida ularning huquqlarini himoya qilish va ish haqlarini undirib berish maqsadida Moskva shahar prokuraturasi, Tergov qoʻmitasi hamda Mehnat inspektsiyalariga rasman murojaat qilingan.
Shuningdek, ushbu migrantlarning 25 foizdan ortigʻi nolegal tarzda ish faoliyatini olib borganligi aniqlanib, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi asosida ularni legallashtirish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala