Kolumnistlar

“Hisobdan chiqarishga toʻgʻri keladi”: AQSH armiyasi oʻz tankining jangga shay emasligini tan oldi

© The U.S. ArmyArtilleriyskaya samoxodka Stryker M1128 Mobile Gun System
Artilleriyskaya samoxodka Stryker M1128 Mobile Gun System - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Yetarlicha zirhlanmagan, toʻsiqlardan oʻta olishining yomonligi, qurolning haddan ziyod qudratligi va ortiqcha vazni – Pentagon muddatidan avval “Strayker” zirhli avtomashina negizidagi oʻziyurar artelleriya qurilmalarni hisobdan chiqarishga majbur. Bu gʻildirakli tanklarni 2000 yillar boshida ishlab chiqishgan, biroq Iroqdagi birinchi jangovar qoʻllash butun turkum konstruktsiyalari mukammal emasligini aniqladi. Amerika zirhli texnikasining zaifliklari RIA Novosti materialida.

Gʻildirakdagi zambarak

“Strayker” zirhli mashinalarni Pentagon 2002 yilda qurollanishga oldi. Ular Kanadaning LAV III zirhli avtomashinasi negizida ishlab chiqilgan. U oʻz navbatida 1970 yillarda loyihashtirilgan Shveytsariyaning “Piranya” BTRlarining modernizatsiya qilingan versiyasini ifodalaydi.
Amerika BTR timsolidan unchalik farq qilmasdi. Balandligi biror oshirildi, zirhli himoya kuchaytirildi, tubi tuzatildi. Ekipaj – ikki kishi, desant boʻlimida toʻqqiz jangchi joylashadi. 350 ot kuchiga ega dizel dvigatel “Straykerni” ikki old koʻprik oʻchirilgan vaqtda katta yoʻl boʻylab soatiga 100 kilometrgacha qoʻzgʻaltiradi. Yoqilgʻi qariyb 500 kilometrgacha yetadi.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
Old tomondagi zirh 14 millimetrli zirhli oʻq-dorilar yoki 155 millimetrli snaryadlarning tegishiga dosh beradi. Bort va orqa qism desantlarni 7,62 millimetr kalibrli oʻqdan himoya qiladi, xolos.
Ogʻir qurollangan versiyasi ham bor – 105 millimetr soyli tank zambaragi. Pentagon dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalari, bunkerlar va zirhli texnikalariga hujum qilish uchun moʻljallangan aynan shu modifikatsiyadan voz kechishga qaror qildi. Qurol va avtomatni oʻqlash bilan bogʻliq tizim muammolari aniqlandi. “Abrams” zambaraklari, masalan, hozirgacha eskicha – qoʻl bilan oʻqlanadi. Harbiylar xarajatlarni hisob-kitob qilib, SAUni modernizatsiya qilishning hojati yoʻq degan qarorga kelishdi. Ogʻir “Strayker”ni “Djavalin” koʻchma tankka qarshi majmualari bilan almashtirish osonroq.
© Sputnik / Oksana Djadan / Fotobankka oʻtishPokazatelnыy marsh voyennoslujaщix armii SSHA Dragoon Ride v Latvii
Pokazatelnыy marsh voyennoslujaщix armii SSHA Dragoon Ride v Latvii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Pokazatelnыy marsh voyennoslujaщix armii SSHA Dragoon Ride v Latvii

Ishonchni oqlamadi

2000 yillar boshida Pentagon ikki mingdan ziyod zirhli avtomashinaga buyurtma berdi. Oʻshanda ixtisoslashgan mexanizalashtirilgan brigadalarni shakllantirishdi (Stryker brigade combat team, SBCT).
Ular ixtiyorida uch yuzta gʻildirakli BTR boʻlgan har bir bunday qoʻshilma 4,5 mingdan ziyod askar va zobitlardan iborat. Taktik nuqtai nazaridan SBCT “Xamva” avtomobillaridagi piyoda va ogʻir zirhli tank guruhi oʻrtasidan oʻrin egallaydi. Bu brigadalar dunyoning istalgan nuqtasida turli jangovar vazifalarni samarali hal qilishga va zudlik bilan kengayishga qodir deb hisoblanadi.
2004 yili birinchi qoʻshilmani Iroqqa joʻnatishdi. Bir yil mobaynida jangovar harakatlarda “strayker-brigada” taktikasini qoʻllashni mashqi qilishdi, yangi zirhli avtomashinalarni sinovdan oʻtkazishdi. Qoʻmondonlik oʻshanda harbiy qism va BTRning, ayniqsa shahar janglaridagi yuqori samaradorligini qayd etgandi. Ammo askarlar mashina konstruktsiyasidagi nuqson, oʻt ochishning sustligi va zaif zirhlanganlik ustidan shikoyat qilishardi.
Pentagonning maxsus komissiyasi hisoboti loyihaning yopib yuborishiga sal qoldi. Aniqlanishicha, bTR faqat tekis yoʻl va katta yoʻllarda yaxshi. Kesishgan joyda loyga yoki qumga botib qoladi. “Strayker” Kanada va Shveytsariya muqobillariga qaraganda jiddiy ogʻirlashib qoldi.
© Sputnik / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye ryadom s legkoy bronirovannoy mashinoy LAV-25 vo vremya ucheniy Agile Spirit 2016 pod egidoy NATO na poligone "Orfolo" v Gruzii.
Voyennoslujaщiye ryadom s legkoy bronirovannoy mashinoy LAV-25 vo vremya ucheniy Agile Spirit 2016 pod egidoy NATO na poligone Orfolo v Gruzii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Voyennoslujaщiye ryadom s legkoy bronirovannoy mashinoy LAV-25 vo vremya ucheniy Agile Spirit 2016 pod egidoy NATO na poligone "Orfolo" v Gruzii.
Konstruktorning yana bir yoʻl qoʻygan jiddiy xatosi – ekipajni faqat oʻqotar quroldan yaxshi himoya qilgan zirh. Haqiqiy janglarda dushman granatomyotlardan oʻt ochishni afzal bilardi. RPG snaryadi korpusni osonlik bilan teshib oʻtardi, shuning uchun mashinani zudlik bilan toʻrli panellar bilan jihozlashga toʻgʻri kelardi.
Bundan tashqari, BTRning yuqori ogʻirligi tez-tez harakat vaqtida toʻsiqqa uchrash yoki minada portlash bilan yakunlanardi. Buning ustiga xavfsizlik kamarlari munosib ravishda burilishlarda odamlarni qayd etmasdi, bundan bir necha askar halok boʻlgan.
© Sputnik / Oksana Djadan / Fotobankka oʻtishBronetransporter "Strayker" v voyennыx ucheniyax Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii.
Bronetransporter Strayker v voyennыx ucheniyax Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Bronetransporter "Strayker" v voyennыx ucheniyax Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii.

Shleyf muammolari

“Yara-chaqalarni” davolashga urinishdi. Masalan, zavodda osma zirhlarni oʻrnatish boshlandi. Bu ogʻirlashishga olib keldi va havo boʻylab mashinalarni tashlashda qiyinchilik tugʻdirdi.
Yangi elektronika va tunda koʻrish asboblari ham vaziyatni unchalik oʻnglamadi. “Strayker” bir toʻda hal qilinmagan muammolari bilan mashinaligicha qoldi. Boz ustiga modernizatsiya qoʻshimcha sarmoya kiritishni talab qilardi.
Qolaversa, Amerika armiyasida zamonaviy urush talabariga muvofiq ravishda qoʻshinlarni zirhli avtomashinalar bilan jihozlash birinchi yil dolzarb emas. Pentagon qator loyihalarni amalga oshirishga urindi, biroq bari muvaffaqiyatsiz boʻldi.
Xoʻsh, 2004 yili amerikalik generallar armiyaning katta islohotini niyat qilishdi. “Future combat systems” (FCS) loyihasi doirasida zirhli mashinalarning uchuvchili va uchuvchisiz variatlari turkumini yaratishga ahd qilishdi. Ishlanmagan yuz milliardlab dollar sarflashdi, 2015 yilda yangi texnikadagi birinchi brigadani ishga tushirishni rejalashtirishdi, 2030 yilga kelib 15 ta qoʻshilmani shakllantirishni moʻljallashdi. Ammo kutilmaganda loyihani yopishdi. Bu mudofaa strategiyasi almashishi bilan bogʻliqligi rasman qilib koʻrsatildi.
Soʻngra “Ground Combat Vehicle” (GCV) istiqbolli jangovar piyoda mashina loyihasini ishga tushirishdi. U eskirgan M2 Bradly ning muhofazalanganlik boʻyicha ustun boʻlishi kerak edi. Shuningdek, yengilroq, ixchamroq va manyorliroq boʻlishi ham kerak edi. Natijada GCV seriyali ishlab chiqarish uchun juda qimmat ekan. 2014 yilda hamma ishlar taqataq toʻxtatildi.
© Boeing, GDLSBronemashina Stryker MSL
Bronemashina Stryker MSL
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Bronemashina Stryker MSL
Hozir amerikaliklar yana bir “Optionally Manned Fighting Vehicle” (OMFV) loyihasini amalga oshirishmoqda. U sunʼiy ongli va masofadan boshqariladigan gusenitsali BMPni yaratishni nazarda tutadi.
Hozircha Pentagonning eski M113 va M2 Bradly da piyodani tashish va jang qilishiga hamda “kichik kalibrli” “Strayker” modernizatsiya bilan shugʻullanishiga toʻgʻri kelmoqda. "A1"ning yangilangan versiyasini bundan bir necha yil avval taqdim etishdi: 30 millimetrli qurol, oxirigacha ishlob berilgan zirh, yanada baquvvatroq dvigatel, kuchaytirilgan tranmissiya. Shuningdek, PVOning kichik radius harakatidagi varianti koʻzda tutilgan. Lekin bu “Strayker” oldingi versiyalarga qaraganda jangovar harakatlar uchun koʻproq mos kelishi yoki kelmasligi nomaʼlum. Axir, aslini olganda, konstruktsiya oldingi-ku.
© U.S. Army / Sgt. Paige BehringerKolonna bronemashin armii SSHA Stryker v Latvii
Kolonna bronemashin armii SSHA Stryker v Latvii
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Kolonna bronemashin armii SSHA Stryker v Latvii
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala