Jamiyat

Kimlarga qulupnay yeyish tavsiya qilinmaydi

Klubnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Shifokor kimga qulupnay yeyish mumkin emasligi haqida oʻz fikrlarini aytdi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Parhezshunos-shifokor Olga Korableva kimga qulupnay yeyish mumkin emasligi borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Qulupnay kuchli oziq-ovqat allergen boʻlishi mumkin. Koʻpincha u immunitet tizimining reaktsiyasini keltirib chiqaradi, ayniqsa odamda oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolari boʻlsa. Ogʻir holatlarda anafilaktik shok mumkin. Emizikli onalar yoki homilador ayollarga qulupnay tavsiya etilmaydi. Xuddi shu sababga koʻra, bir yoshgacha boʻlgan bolalarga ham qulupnay berish kerak emas”, - deydi mutaxassis.
Klubnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Jamiyat
Nima uchun Qibraydagi qulupnay maydoni vayron qilindi?
Bundan tashqari, ogʻir gastrit yoki oshqozon yarasi boʻlgan kishilarga tavsiya qilinmaydi.
"Och qoringa qulupnay ham zararli – chunki u juda nordon. Qulupnay desert sifatida isteʼmol qilish yaxshiroq boʻladi", - deydi ekspert.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala