Kolumnistlar

Lukashenko Gʻarbga “qoʻli uzun” ekanini koʻrsatib qoʻydi

© Sputnik / Andrey Stasevich / Fotobankka oʻtishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na tseremonii inauguratsii v Minske
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na tseremonii inauguratsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Biror kishini hibsga olish uchun samolyotni majburlab toʻxtatish amaliyoti oldin Isroil, Turkiya va Eron tomonidan qoʻllanilgan. AQSH esa nafaqat oʻz osmonida, balkim NATOning istalgan davlati osmonida samolyotlarni toʻxtatib olishi mumkin.
Bugun Belarus nomi yana diqqat markazida. Aleksandr Lukashenko yana bir bor undan hech kim kutmagan ishni qildi. Bir necha soat oldin Minsk aeroportida Belarusda Belarus fuqarosi Roman Protasevich qoʻlga olindi.
Protasevich – Belarusda 2020 yilda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlarining bosh tashkilotchi OAVi hisoblangan Nexta telegram-kanalining bosh redaktori. U 2019 yilda Belarusni tark etib, Polshada yashab kelgan va yaыin vaqt ichida vataniga qaytishni rejalashtirmagan boʻlgan.
Uchastnitsa nesanktsionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske, Belorussiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Dunyoda
Berlin belarus muxolifatini qoʻllab-quvvatlashga 21 millionga yaqin yevro ajratdi
Minskda Protasevichga qarshi “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish” boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlib u va Nexta asoschisi Stepan Putilo “terrorchilarga aloqador shaxslar roʻyxatiga kiritilgan edi.
Nexta

Belarus muxolifatchilari Protasevich va Putilo tomonidan 2015 yilda yaratilgan YouTube kanal. 2017 yilda uning Telegram versiyasi paydo boʻldi. 2020 yil 9 avgustdan soʻng Belarusda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari aynan ushbu OAV orqali koordinatsiya qilingan. 2020 yilning 20 oktyabrida Belarus Oliy sudi tomonidan ekstremistik deb tan olingan.

KengaytirishYigʻishtirish
Xoʻsh, qanday qilib u Minskka kelib qoldi? Bu tasodifmi yoki Belarus kuchlarining maxsus operatsiyasi? Albatta ikkinchis, lekin Minsk buni hech qachon tan olmaydi.
Protasevich Afinadan Vilnyusga uchayotgan edi, parvoz yoʻnalishi Belarus havo hududi orqali oʻtgan. Ryanair kompaniyasi samolyoti Litva chegarasiga yaqinlashib qolganda, u kutilmaganda ortga qayirilib, Minsk aeroportiga qoʻndi. Samolyot bortiga joylashtirilgan bomba haqidagi xabardan soʻng, uchuvchilarning oʻzi Minsk aeroportiga qoʻnishni soʻragan. Guvohlar shuningdek samolyot bortida yoʻlovchilardan birining ekipaj aʼzosi bilan boʻlgan mushlashuvi ham sabab boʻldi deyishmoqda. Nexta esa u odam “KGB xodimi boʻlganini” taʼkidlamoqda.
Lukashenko buyrugʻiga asosan Yoʻlovchi samolyotni kuzatib qoʻyish uchun havoga ikkita MiG-29 koʻtarilgan. Samolyot Minsk aeroportiga qoʻnganidan soʻng esa, u sinchiklab tekshirilgan va bir necha soatdan keyin yoʻlini davom ettirgan. Faqat yoʻlovchilar orasda bir kishi yoʻq edi – Roman Protasevich Belarus hukumati tomonidan hibsga olingan. Belarus JKning Protasevich ayblanayotgan bandida 15 yilgacha ozodolikdan mahrum etishni nazarda tutadi.
Belarus muxolifati, albatta, shu zahotiyoq bir necha bayonotlar bilan chiqdi. Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya ushbu holatn “terrorizm akti” deb atadi va Belarusni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotidan (ICAO) chiqarishni va Belarus ustidan parvozlarni bekor qilishni talab qildi.
Yevropada ham bir necha amaldorlar keskin bayonotlar bilan chiqdi. Xususan Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen “bu misli koʻrilmagan ish” dedi, Frantsiya TIVi boʻlsa “bunga butun Yevropa boʻlib javob qaytarishni” talab qildi. Yevroparlamentdagi eng yirik fraktsiya yetakchisi Donald Tusk Lukashenkoni “xalqaro xavfsilikka tahdid” deb atadi va barcha Yevropa hukumatlaridan ushbu ishga “aralashishni” talab qildi.
Lavrov raskritikoval popыtki Zapada rassorit islamskiye stranы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2020
Dunyoda
Belarus muxolifati "Venesuela stsenariysini" xohlaydi - Sergey Lavrov
Ularning javobini uzoq kutishga toʻgʻri kelmaydi. Ertaga Bryusselda shundoq ham Yevroitifoq rahbarlari sammiti rejalashtirilgan edi. U yerda muhokama qilinadigan eng asosiy mavzu Rossiya boʻlishi kerak edi, endi Belarus ham qoʻshiladi. Umuman Gʻarb ularning ikkalasini ham bir davlatdek qabul qilishadi va birdek yomon koʻrishadi. Ozodlikparvarlar asosiy maqsadi esa - Belarus va Rossiyani bir-biridan ajratish, ularni bir-biriga dushman qilish edi.
“Ozod Yevropa” va “Yevroradio” OAVlarida ishlab kelgan Roman Protasevich esa aynan shu maqsadga xizmat qilgan. Nexta telegram kanali esa uning biografiyasidagi qisqa, lekin eng yorqin damlardan biri boʻldi. Undan oldin u “Ozod Yevropa” muxbiri sifatida koʻp marotaba Ukrainning janglar boʻlgan ATO hududiga (Donbass) koʻp marotaba tashrif buyurgan. Uning fikriga koʻra, Rossiya – agressor, Putin – jinoyatchi, Belarusga esa – Gʻarbiy vektor kerak. Xullas – bu yerda hech qanday yangi gap yoʻq.
Rossiyalik navalniychilar ham u bilan hamnafas. Ularning vaqtinchalik boshligʻi Leonid Volkov Aleksandr Lukashenkoni xalqaro terrorchi deb atadi va uni maxsus kuchlar yordamida hibsga olib Gaagada sud qilishni taklif qildi.
Ha, albatta, qoʻshin kiritish, xorijda sud qilish. Amerikaliklar hech qachon boshqa davlatlarga bostirib kirmagan, prezidentlarni oʻldirmagan. Samolyotlarni ham faqa “dahshatli Lukashenko” qaytaradi.
Shu oʻrinda Ukraina maxsus xizmatlari oʻtgan yilda Minskda uyushtirgan igʻvosini esga olsak. Belarus prezidenti saylovi arafasida bir guruh rossiyalik xususiy harbiy kompaniya jangchilari hibsga olingan edi. Keyin maʼlum boʻlishicha ularni xorijda ishlash bahonasida Ukraina maxsus xizmatlari Belarusga olib kelgani maʼlum boʻlgan. Maqsad – Putin Lukashenkoni taxtdan agʻdarishga urinayotgandek qilib koʻrsatish.
Samolyotlarni qaytarish amaliyoti esa – 2016 yilda Ukraina maxsus xizmatlari Kiyev Minsk reysida uchayotgan jurnalist Armen Martirosyanni qoʻlga olish uchun samolyotni majburlab qoʻndirgan edi.
Shuningdek Isroil, Turkiya, Eron ham ana shunday amaliyotdan tez-tez foydalanib turadi. Amerika uchun esa bu - odatiy tajriba.
Samolyotda bomba oʻrnatilgani haqidagi xabar haqiqatdan boʻlgani yoki boʻlmaganini biz hech qachon bila olmaymiz. Agar Lukashenkoni qattiqqoʻllikda ayblashmoqchi boʻsa, uni nisbatan koʻrsatilayotgan bosim ana shuni talab qiladi. Axir uni qanday boʻlsada “taxtdan qulatish” harakat qilishmoqda-ku.
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2020
Analitika
YEI mamlakatlari Belarus muxolifatini qoʻllashdan nima manfaat koʻradi - ekspert fikri
Shu oʻrinda Belarus maxsus xizmatlarining ushbu operatsiyasi muxolifatga oʻziga xos signal boʻldi. Lukashenko ularni yer ostidan qulogʻidan tortib chiqara olmasa-da, Belarus osmonidan oyogʻidan tortib tushirib olishi mumkinligini yaxshigina koʻrsatib qoʻydi.
Lukashenkoni qattiqqoʻl deganlar Amerikaga nazar solsa boʻladi. Ular samolyotlarni nafaqat AQSH osmonida, balkim qoʻli yetgan istalgan mamlakat osmonidan yerga qoʻndirishi mumkin.
Masalan 2013 yilning 2 iyulida Moskvadan havoga koʻtarilgan Boliviya prezidenti Evo Moralesning samolyoti AQSH tomonidan (NATO hamkorlari orqali) majburlab Venada qoʻndirilgan edi. Ular samolyotni sinchiklab koʻzdan kechirib keyin qoʻyib yuborishgan edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, AQSH Boliviya 1 sonli bortida Edvar Snoudenni qidirgan ekan. Oʻsha vaqtda Sdouden Sheremetyevo aeroportining xalqaro tranzit zonasida Rossiya hukumati qarorini kutib yashayotgan edi. Boliviya esa Snoudenga yashashga ruxsatnoma bergan davlatlardan biri edi.

Shundoq ekan, Lukashenko bu borada amerikadan hali ancha ortda. Shuningdek u umumjahon gegemonligiga ham daʼvo qilayotgani yoʻq. U oʻz davlatini Roman Protasevich kabi “ozodlikparvarlardan” asrab qolmoqchi xolos.

Uni albatta otib tashlashmaydi. Uzogʻi bilan 10 yil oʻtiradi, balkim undan ham oldin amnistiya bilan ozod qilinadi. Lukashenko uchun muhimi, uni jazolash emas, balkim Gʻarbga uning “qoʻli uzun” ekanini koʻrsatib qoʻyishdir.
Gʻarb esa yaqin orada nafaqat Minskka nisbatan balkim Moskvaga nisbatan ham bosimni kuchaytiradi. Oʻz suverenitetini himoya qiliayotgan ittifoqdosh mamlakatlar uchun bu yangilik emas, oʻrganib qolishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala