Hodisalar

“Ojiza ayolning nomusiga tegdi”: Surxondaryo viloyati IIB video yuzasidan maʼlumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda “Ojiza ayolning nomusiga tegdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Surxondaryo viloyati IIBning masʼul xodimlari tomonidan ushbu videomurojaat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilganida quyidagilar maʼlum boʻldi.
2021 yil 9 may kuni fuqaro P.G. ismli ayolning Oltinsoy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 8 may kuni soat 23-00 larda “Ipok” mahallasida yashovchi fuqaro SH.O. “Neksiya” rusumli avtomashinada Oltinsoy daryosi boʻyiga olib borib, nomusiga tegmoqchi boʻlganligini, P.G. ismli ayol rozi boʻlmagandan soʻng uni “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MCHJ binosining xonasiga olib borib, jinsiy aloqa qilganligini, jinsiy aloqadan soʻng xonadan tashqariga chiqarib yuborganligini, xonada unga tegishli boʻlgan narsa-buyumlar qolganligini hamda narsalarini qaytarilishida va fuqaro SH.O.ga nisbatan qonuniy chora koʻrilishida amaliy yordam soʻragan.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Hodisalar
Andijonda zoʻrlangan 18 yoshli kelin voqeasi Senat nazoratiga olindi
Fuqaro P.G. ismli ayolning arizasi shu kuni tuman IIB navbatchilik qismining kitobida qayd qilinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini oʻtkazish tergov guruhiga yuklatilgan.
2021 yil 9 may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning va SH.O.larning tanasida tan jarohatlari va ularning izlari mavjudligini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 9 may kunidagi xulosasiga koʻra fuqaro P.G. ismli ayolning oʻng yelka oʻrta uchligi ikki tomondan qontalash aniqlangan, ogʻirlik darajasiga koʻra “yengil” tan jarohati toifasiga kirishi koʻrsatilgan, P.G. ismli ayolning tanasining boshqa joylarida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Hodisalar
Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zoʻrlaganlikda gumon qilinmoqda
Sud-tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 9 may kunidagi xulosasiga koʻra fuqaro O.SH.ning tanasida biron-bir tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmagan.
2021 yil 9 may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning koʻrsatuvlariga asosan Oltinsoy daryosini oldi va “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MCHJga tegishli boʻlgan binoning xonasi JPK talablariga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan. Hodisa joyini koʻzdan kechirish jarayonida olingan narsa-buyumlarda ishga alokadorligi va xolatga oydinlik kiritish maksadida bir kator tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala