Siyosat

“Yutuq va gʻalabalaringizga ishonaman”: Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Prezident bitiruvchilarga sihat-salomatlik, ishda va oʻqishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tiladi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati tabrik matnini chop qildi.
Bugun mamlakatdagi barcha maktablarda “soʻnggi qoʻngʻiroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar oʻquvchi yetuklik shahodatnomalarini qoʻllariga oladi.
Prezident maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlardan birontasi eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidladi.
“Sizlarning hayotda oʻz munosib oʻrningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini toʻla safarbar etadi”, - dedi Mirziyoyev.
Mirziyoyev bitiruvchilarni oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, vaqtini behuda oʻtkazmay, doimo bilim va koʻnikmalarini oshirib borishga chaqirdi. U yangi kasb-hunar egallash va eng asosiysi oʻz maqsadi sari tinmay harakat qilish albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlar garovi ekaniga ishonch bildirdi.
“Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlugʻ va muborak boʻlsin! Sizlarning yutuq va gʻalabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!”, - deyiladi prezident tabrigida.
Oxirgi toʻrt yilda mamlakatda134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruktsiya qilinib, tubdan taʼmirlangan va jihozlangan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumtaʼlim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat koʻrsatmoqda.
Posledniy zvonok  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Jamiyat
Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni oʻtkazishga ruxsat berildi
Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli oʻquvchilar xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala