Turizm

“UzAirways” Moskvadagi aeroport oʻzgarishi sababini tushuntirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishAeroport Domodedovo
Aeroport Domodedovo  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bozordagi mavqeini mustahkamlash uchun Domodedovo aeroporti bilan hamkorlikni tiklashga qaror qilgan.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi bozordagi mavqeini mustahkamlash uchun Moskvaning Domodedovo aeroporti bilan hamkorlikni tiklashga qaror qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
“UzAirways” vakilining maʼlum qilishicha, Domodedovo aeroporti koʻproq bogʻlovchi reyslar imkonini beradi va aviakompaniya yoʻlovchilari u yerdan keyingi manzil sari yoʻl olishlari mumkin.
Bu tanlov uchun taʼsir qilgan yana bir omil bu Domodedovo aeroporti bazasida koʻplab yirik aviakompaniyalar borligidir.
Samolyot aviakompanii Red Wings v aeroportu Domodedovo. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Iqtisod
Red Wings Oʻzbekistonga parvozlarni boshlashi mumkin – Manturov
Aniqlik kiritilishicha, hozir aviakompaniyalar oʻrtasida reyslarning qoʻshma tijoriy ekspluatatsiyasi va tashish hujjatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bir nechta bitim ishlab chiqilmoqda.
“Domodedovo aeroporti bilan hamkorlik “Uzbekistan Airways” yoʻlovchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi”, - deya maʼlum qildi kompaniya vakili.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 15 iyundan boshlab Moskvaning Domodedovo aeroportidan parvozlarni tiklashi maʼlum boʻlgan edi. Kompaniyaning Vnukovoga oxirgi reysi joriy yil 14 iyun kuni amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala