Migratsiya

“Uzaytiring yoki tark eting”: Qozogʻistonda chet elliklarning boʻlish muddati 5 iyunda tugaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Oʻzbekiston fuqarolaridan Qozogʻistonda vaqtincha boʻlib turish muddatini qonuniylashtirish yoki 2021 yil 5 iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya qilinmoqda.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Oʻzbekistonning Olmatadagi Bosh konsulxonasi mamlakat fuqarolariga joriy yil 5 iyun kuni Qozogʻiston hududida chet elliklarning vaqtinchalik boʻlish muddati tugashini eslatdi.
Qayd etilishicha, Qozogʻistonda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat boʻlmagani bois vaqtincha boʻlib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan va bu muddat 5 iyun kuni tugaydi.
Qozogʻiston hukumati chet elliklarni maʼmuriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha mamlakat hududida qolishni qonuniylashtirishni soʻramoqda.
Taʼkidlanishicha, Qozogʻiston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan toʻsiqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Maqomlarini qonuniylashtirmagan chet elliklar jarimaga tortilib, mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.

“Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarolariga Qozogʻiston hududida vaqtincha boʻlib turish muddati tugagan boʻlsa, maqomlarini qonuniylashtirish yoki 2021 yil 5 iyundan oldin mamlakat hududini tark etishni tavsiya qiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus sabab vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi muntazam parvozlar oʻtgan yili sentyabr oyida rasman tiklangan edi.
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Migratsiya
Rossiyadagi noqonuniy migrantlarga qachongacha vaqt berilgan?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala