Iqtisod

2025 yilgacha Oʻzbekistondagi davlat korxonalari soni 75 foizga qisqartiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil sovremennoye pryadilnoye predpriyatiye v Shaxrisabze
Shavkat Mirziyoyev posetil sovremennoye pryadilnoye predpriyatiye v Shaxrisabze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Faqat shu yilning birinchi yarmi oxiriga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari: jumladan, Toshkent markazidagi “Poytaxt” biznes markazi, “Malika” savdo markazi, “Ichan qala” mehmonxonasi va maʼmuriy majmualar kabi yirik mulk komplekslari sotilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 29 may - Sputnik. 4 yil ichida, yaʼni 2025 yilgacha Oʻzbekistondagi davlat korxonalari sonini 75 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ularning soni ikki yarim mingdan oshgan, deb xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining matbuot xizmati.
Dacha Gulnarы Karimovoy v Tashkentskoy oblasti, vыstavlennaya na torgi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Foto
Gulnora Karimovaga tegishli deyilgan hashamatli dachaning koʻrinishi – eksklyuziv
Bu maʼlumotlar 2021 yil 27 may kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Oʻzbekiston Respublikasida davlat korxonalarini transformatsiyalash va xususiylashtirish: iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi" nomli yuqori darajadagi xalqaro forum davomida eʼlon qilindi.
Uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) Jahon banki bilan birgalikda tashkil etdi.
Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde ochishdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etishdi. Shuningdek, xalqaro forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 400 dan ortiq onlayn va oflayn ishtirokchilar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari vakillari, investitsiya va konsalting kompaniyalari, tijorat banklari, mahalliy va xalqaro ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

"Hozirda Oʻzbekistonda deyarli har bir davlat idorasi va mahalliy hokimiyat idoralari korxonalar taʼsischilaridir. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 2 ming 541 ta davlat korxonalarining yarmi (1 ming 210 dona) unitar korxona shaklida yaratilgan. Davlatning iqtisodiyotidagi ishtirokining tasdiqlangan yuqori darajasi sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Shaffof xususiylashtirish jarayoni boʻlmasa, biz mahalliy va xorijiy investorlarning ishonchini qozonolmaymiz", deya taʼkidladi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi parlamentga Murojaatnomasida Oʻzbekistonga qarashli kompaniyalarni transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, xususiylashtirish va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish masalasi mamlakatdagi tarkibiy oʻzgarishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Auktsion  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Iqtisod
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
Mahalliy va xalqaro amaliyotda isbotlanganidek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqori darajada sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga xalaqit beradi. Mahalliy va xorijiy investorlarning ishonch darajasi koʻp jihatdan xususiylashtirish jarayonining shaffofligiga bogʻliq. Shu bilan birga, ularning jozibadorligini oshirish uchun davlat korxonalarini oʻzgartirish boʻyicha choralar koʻrish zarur.
“Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqori boʻlib qolmoqda va taxminan 55 foizni tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkich Janubiy Koreyada 22%, Germaniyada - 18%, AQSH da - 11%, Yaponiyada - 5% ni tashkil etadi”, - dedi A.Ortiqov.
Shu munosabat bilan “2021 – 2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi” ishlab chiqilib, hukumat tomonidan shu yil 29 martda tasdiqlangan. Hujjatga koʻra, faqat shu yilning birinchi yarmi oxiriga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari, shu jumladan, Toshkent markazidagi "Poytaxt" biznes markazi, "Malika" savdo markazi, "Ichan qala" mehmonxonasi va maʼmuriy majmualar kabi yirik mulk komplekslari sotilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala