Jamiyat

Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari 3 oylik maoshini davlatga qaytarib beradi

© NasafnewsQashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib beradi
Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib beradi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rustam Yoʻldoshev tashkiliy masalaga eʼtibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligida maktabgacha taʼlim boshqarmasi faoliyatiga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilishda maʼlum qilindi.
"Nasafnews" nashrining yozishicha, Rustam Yoʻldoshev viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilish haqida ayrim tumanlarga xabar bermagan.
“Tashkiliy masalaga eʼtibor qilmagani uchun Rustam Yoʻldoshev 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib toʻlaydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan eʼlon qilindi”, - deyilgan xabarda.
Viloyat hokimligi xabariga koʻra, yigʻilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barcha tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbarlarini vazifasidan ozod etib, 3 oylik sinov muddatida vazifasini bajaruvchi etib tayinlash taklifini oʻrtaga tashlagan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Siyosat
Prezident yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan qator mansabdorlarni ishdan boʻshatdi
Qayd etilishicha, viloyatda 1694 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti bor. Bugungi kunda viloyatda maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish orqali ularda bola qamrovini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanishni yoʻlga quyish ishlari bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan oʻz samarasini bermayapti.
2019 yilda 248 mln soʻm talon-taroj qilinib, 21 mln. soʻm notoʻgʻri xarajat qilingan. 2020 yilda 326 mln soʻm talon-taroj qilinib, 120 mln soʻm notoʻgʻri sarf qilingan, 2021 yilning birinchi choragida esa 412 mln. soʻm talon-taroj qilinib, 205 mln soʻm byudjet mablagʻlari notoʻgʻri sarf qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala