Jamiyat

Respublikaning xalqaro aeroportlari “Uzbekistan Airports” boshqaruvi ostiga oʻtadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAeroport v gorode Buxara, Uzbekistan
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Oʻzbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv boʻyicha shartnomalar imzoladi. Bu qaror prezidentning mamlakat fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va transformatsiya qilishga oid qaroriga koʻra qabul qilingan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, shu tariqa “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan. Yagona organ sifatida kompaniyaning asosiy vazifalari barcha aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ularning faoliyatini uslubiy boshqarish va aeroport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlarni toʻplash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat boʻladi.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
"Uzbekistan airways" va "Uzbekistan airports" transformatsiya qilinadi
Xabarda yozilishicha, har bir aeroport ustavi, ularning tashkiliy tuzilmalari va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilgan. Qolaversa, xodimlar maoshini oshirishga qaratilgan KPI ragʻbatlashtirish metodikasi joriy qilingan.
Kompaniya rahbari Raʼno Joʻrayevaning soʻzlariga koʻra, tez orada yoʻl xaritasini yaratish va mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida toʻlaqonli ishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala