Hodisalar

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Peshexodnыy perexod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
YTH natijasida 55 yoshli piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Toshkentda mashina urib yuborgan erkak bir necha kun oʻtib kasalxonada vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabar qilmoqda.
Yoʻl-transport hodisasi 21 may kuni Yangihayot tumani Binokor koʻchasida roʻy bergan. 54 yoshli “Lacetti” avtomobili haydovchisi S.S. tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtmoqchi boʻlgan piyodani urib yuborgan.
Spidometr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Hodisalar
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
YTH natijasida 55 yoshli piyoda A.B. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. U 27 may kuni tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.
Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala