Hodisalar

Qoʻrqinchli statistika: yil boshidan buyon YTHda halok boʻlgan bolalar soni 64,5 foizga oshdi

CC0 / Michał Parzuchowski / UnsplashRebenok na krayu skami
Rebenok na krayu skami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyini sunʼiy yoritish zarur.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. 2021 yilning 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok boʻlgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Erali Bozorov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, maktablarga yetaklovchi yoʻllarda piyodalar svetoforlarini chaqiruv moslamasiga oʻtqazish zarur 185 zamonaviy piyodalar oʻtish joylari yetishmaydi.
Piyodalar yoʻlakchalari tashkil etilmaganligi va yoritilmaganligi natijasida erta tongda yoki tungi vaqtlarda voyaga yetmagan piyodalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash imkoniyati cheklanmoqda. 2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyini sunʼiy yoritish zarur.
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan
Shuningdek, maktablarda oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan. Hali-hanuz bu yoʻnalishda alohida darslar tashkil etilmagan. Darslar faqat boshqa fanlar hisobidan, yetarli malakaga ega boʻlmagan oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2021 yilning yanvar—mart oylarida 1491 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgani va ularda 394 kishi halok boʻlgani maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala