Qo‘rqinchli statistika: yil boshidan buyon YTHda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshdi

CC0 / Michał Parzuchowski / UnsplashRebenok na krayu skami
Rebenok na krayu skami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini sun’iy yoritish zarur.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 2021 yilning 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, maktablarga yetaklovchi yo‘llarda piyodalar svetoforlarini chaqiruv moslamasiga o‘tqazish zarur 185 zamonaviy piyodalar o‘tish joylari yetishmaydi.
Piyodalar yo‘lakchalari tashkil etilmaganligi va yoritilmaganligi natijasida erta tongda yoki tungi vaqtlarda voyaga yetmagan piyodalarning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash imkoniyati cheklanmoqda. 2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini sun’iy yoritish zarur.
V svazi s novimi pravilami PDD viros spros na avtomobilniy znak Shipi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
O‘zbekistonda yomon yo‘llar sabab qariyb 2-yil ichida 191 kishi halok bo‘lgan
Shuningdek, maktablarda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Hali-hanuz bu yo‘nalishda alohida darslar tashkil etilmagan. Darslar faqat boshqa fanlar hisobidan, yetarli malakaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021-yilning yanvar—mart oylarida 1491 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgani va ularda 394 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0