Jamiyat

Yangi ishchi guruhi yoʻllardagi muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v gorode
Avtomobilnoye dvijeniye v gorode  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Ishchi guruh alohida eʼtibor yoʻl infratuzilmasi bilan bogʻliq jiddiy muammolarga qaratadi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda yoʻl harakati sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va amaliy muammolarni bartaraf etish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
V DTP v Angrene s uchastiyem gruzovika MAN i semi legkovыx avtomobiley skonchalis pyat chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Hodisalar
Angrendagi ayanchli YTH tafsilotlari ochiqlandi
Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.
Taʼkidlanishicha, guruh yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olishning bugungi kundagi holatini kompleks ravishda oʻrganadi. Ilgʻor xorijiy tajribasi va ilmiy yondashuvlarni qoʻllash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralarni ishlab chiqadi.
Alohida eʼtibor yoʻl infratuzilmasi bilan bogʻliq jiddiy muammolar – yoʻllarning holati, piyodalar oʻtish joyi, yoʻl belgilari, tartibga solinmagan chorrahalar va boshqalarga qaratiladi. Ularni tubdan yaxshilash boʻyicha har tomonlama choralar koʻriladi.
Bundan tashqari, yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha aholini qiynayotgan muammolar oʻrganilib, koʻriladigan kompleks chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot beriladi. Fuqarolar bildirgan takliflar sinchkovlik bilan oʻrganib chiqiladi.
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala