Iqtisod

Termizda xalqaro savdo markazi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s generalnыm planom Termezskogo mejdunarodnogo torgovogo tsentra.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s generalnыm planom Termezskogo mejdunarodnogo torgovogo tsentra. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Xalqaro savdo markazining yillik savdo aylanmasi 500 million dollar boʻlishi hisob-kitob qilingan.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz xalqaro savdo markazi bosh rejasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbot xizmati xabar qildi.
Ushbu markaz uchun Termiz tumanidan 26 gektar maydon ajratilgan. Umumiy qiymati 75 million dollar boʻlgan markazda mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash majmualari qurilib, savdo xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi. Zarur infratuzilma tarmoqlari barpo etiladi.
Loyihaga koʻra, bu yerda 1 ming 800 ta savdo nuqtasi, 50 ming tonna yuk sigʻimiga ega logistika markazi, 400 oʻrinli ikkita mehmonxona, shifoxonalar, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonalari boʻlishi moʻljallangan. Korpuslarning birinchi qavatida savdo nuqtalari, ikkinchi qavatida yengil ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish koʻzda tutilgan.
Xalqaro savdo markazining yillik savdo aylanmasi 500 million dollar, xizmatlar hajmi 10 million dollar boʻlishi hisob-kitob qilingan. 192 million dollarlik eksport quvvati paydo boʻladi.
Markazning qurilish ishlarini boshlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 10 million dollar ajratildi.
Davlat rahbari markaz binolarini yengil konstruktsiyalardan qurish, viloyat tadbirkorlarini bu yerda ishlashga va eksport faoliyatiga jalb qilish, chet ellik ishbilarmonlar uchun barcha qulayliklar yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Bu yerdagi tajriba asosida, keyinchalik, boshqa qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlarda ham shunday savdo markazlari tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Termiz xalqaro savdo markazini 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu solnechnoy fotoelektricheskoy stantsii v Sherabadskom rayone Surxandarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stantsiyasi qurilishini boshlab berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala