Dunyoda

Nigeriyada Twitter᾽dan foydalanganlar javobgarlikka tortiladi

© AP Photo / Jerome DelayJiteli Nigerii
Jiteli Nigerii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
4 iyun kuni Nigeriya hukumati mamlakat hududida Twitter ijtimoiy tarmogʻidan foydalanishni taqiqlab qoʻydi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Nigeriya adliya vaziri bosh prokurori Abubakar Malami Twitter᾽dan foydalanishga qoʻyilgan taqiqni buzayotgan kishilarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida buyruq berdi. Bu haqda Nigeriyaning “The Daily Post” nashri xabar qilmoqda.
Mamlakat Adliya vazirli matbuot xizmati xabarida aytilishicha, prokuratura bunga aloqasi boʻlgan Kommunikatsiya vazirligi va boshqa idoralar bilan bogʻlanib, qoidabuzarlarni zudlik bilan javobgarlikka tortishi zarur boʻladi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Jamiyat
Mail.ru va Twitter kompaniyalariga serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishga oid koʻrsatma berildi
The Daily Post”ning yozishicha, Twitter᾽ni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgach, koʻplab nigeriyaliklar taqiqni chetlab oʻtish maqsadida VPN᾽dan foydalana boshlashgan.
4 iyun kuni Nigeriya Axborot va madaniyat vazirligi hukumat mamlakat hududida Twitter᾽dan foydalanishni taqiqlaganini maʼlum qildi. Shuningdek, idora ijtimoiy tarmoqdan Nigeriya mavjudligiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan ishlar uchun foydalanilganini bildirdi. Axborot vazirligi rahbari oʻz navbatida Twitter᾽ni ikki yoqqa baravar xizmat qilishda ayblab, ijtimoiy tarmoqning Nigeriyadagi vazifasi “oʻta shubhali” ekanini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala