Dunyoda

OAV Putin va Baydenning Shveytsariyadagi uchrashuvining ehtimoliy joyini xabar qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishJeneva
Jeneva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Rossiya va AQSH prezidentlarining ilk uchrashuvi “La Grange” villasida yoki “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” mehmonxonasida boʻlib oʻtishi taxmin qilinmoqda.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden Jenevadagi “La Grange” villasida yoki “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” mehmonxonasida yuzma-yuz uchrashuv oʻtkazishlari mumkin. Bu haqda “NZZ am Sonntag” nashri xabar qilmoqda.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvi uchun koʻl manzarasi boʻlgan joy tanlanishiga koʻp narsalar koʻrsatmoqda. Xabarda 1985 yili SSSR va AQSH yetakchilari Mixail Gorbachyov va Ronald Reyganning boʻlib oʻtgan uchrashuvi misol tariqasida keltirilgan. Oʻshanda davlat rahbarlari Jeneva yaqinidagi Versuada joylashgan “Fleur d'Eau” villasida suhbatlashishgan edi.
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Rossiya
Putin va Bayden uchrashuvida “syurpriz” boʻlishi mumkin
Taʼkidlanishicha, nashr suratchisi “La Grange” villasi yaqinda “harbiy etik kiygan kishilar” tomonidan koʻzdan kechirilganini koʻrgan. Sammitning ehtimoliy ikkinchi joyi “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” ham villa koʻrsatilgan bogʻda joylashgan.
Sammit oʻtkaziladigan kun Jenevaning butun markazi yopilishi kerakligi aytilmoqda. Allaqachon harbiylar bu ishlarga jalb qilingan. Shveytsariya TIV sammit gazeta tilgan joylarda boʻlib oʻtishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.
Rossiya va AQSH yetakchilarinig uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada boʻlib oʻtadi. Bu davlat rahbarlarining Baydenning AQSH prezidenti lavozimini bajarishga kirishgandan boshlab birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻladi. Jenevaga tashrif Putinning 2020 yil yanvaridan buyon amalga oshirgan ilk xorijiy safari boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala