Sport

Oʻzbekiston - Singapur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar maʼlum boʻldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaArbitr iz Baxreyna Abdulnabi Ali Xasan
Arbitr iz Baxreyna Abdulnabi Ali Xasan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Oʻzbekiston - Singapur uchrashuvini bahraynlik FIFA referisi boshqaradi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Bugun, 7 iyun kuni, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari doirasida Singapurga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistonining “Qirol Fahd” stadionida boʻlib oʻtadigan mazkur bahsni bahraynlik FIFA referisi Ali Hasan Abdulnabi Alsamahiji boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamyurti Navof Shahin Musa hamda suriyalik Fadi Mahmud yordamlashib boradi. Zaxira hakami Muhammad Abdulla (BAA), hakamlar nazoratchisi Umar Musa Abu Lum (Iordaniya) boʻladi.
Futbolist Odil Axmedov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Sport
Milliy jamoaning Saudiya Arabistoniga yoʻl oladigan tarkibi eʼlon qilindi
Uchrashuv komissari etib esa indoneziyalik Asep Saputra tayinlangan.
Ushbu oʻyinda oʻzbekistonlik futbolchilar oq-koʻk-oq rangli sport formasida maydonga tushishadi. Darvozabon esa qora rangli libosni kiyadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala