Migratsiya

Rossiyada majburiy mehnatdan qochib, ikki oyogʻidan ajralgan fuqaro vatanga qaytarildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSamolet Boing 777-300 ER aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Boing 777-300 ER aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Oʻzbekistonlik majburiy ishlatilayotgan joydan qochib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyogʻidan ajralgan.
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Rossiyada majburiy mehnatdan qochib, ikki oyogʻidan ajralgan fuqaroga yordam koʻrsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Asli samarqandlik A.N oilaviy sharoiti ogʻirligi sababli 2007 yilda Rossiyaga ishlagini borgan. 2020 yilda A.N qurilish obʼyektida majburlab ishlatiladi. Majburiy mehnatdan qochish maqsadida qurilish obʼyekti atrofidagi oʻrmonzorga yashirinishga majbur boʻladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl v Turtsiyu s vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Migratsiya
Turkiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi
Oʻrmonzorda adashib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyogʻidan ajraladi.
Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida fuqaroga birlamchi tibbiy yordam olishi uchun koʻmaklashildi, "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi. Homiylarning moliyaviy koʻmagida 6 iyun kuni Sankt-Peterburg-Samarqand aviareysi orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidan SH.N va M.S lar pandemiya sharoitida ish topolmay, pulsiz qiyin ahvolda qolgan. Ushbu fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Sankt-Peterburgdan Samarqandga olib kelindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala