Jamiyat

Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam parvoz yoʻlga qoʻyilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTerminal prinyal pervыx passajirov, priletevshix reysom "Uzbekskix avialiniy" iz Seula v Tashkent.
Terminal prinyal pervыx passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
“Uzbekistan Airways” seshanba kunlari, “Aeroflot” esa payshanba kunlari qoʻshimcha reysini amalga oshiradi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. 10 iyundan Toshkent-Moskva yoʻnalishi boʻyicha yana ikkita muntazam parvoz yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi seshanba kunlari HY603, “Aeroflot” esa payshanba kunlari qoʻshimcha SU1891 reysini amalga oshiradi.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Jamiyat
Rossiya 10 iyundan boshlab Oʻzbekiston bilan parvozlar sonini oshiradi
Eslatib oʻtamiz, hozir Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Moskva-Toshkent-Moskva yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni har yakshanba kunlari, “Uzbekistan Airways” esa Toshkent-Moskva-Toshkent reysini har shanba kunlari amalga oshirmoqda.
Muntazam parvozlardan hamma Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega boʻlgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Toshkent-Moskva yoʻnalishida parvoz etishda davom etayotgan qolgan reyslar charterligicha qolmoqda. Ularga chipta xarid qilish uchun Rossiyaga kirish uchun asos boʻlishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala