Dunyoda

Afgʻonistonda jangarilar toʻydan qaytayotgan besh kishini oʻldirdi

© AP Photo / RODRIGO ABDAfganskaya politsiya
Afganskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Pagʻman tumanida jangarilar toʻy marosimidan qaytayotgan kishilarni oʻgʻirlab ketgan, soʻngra oʻldirgan.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Afgʻonistonda jangarilarning qurolli hujumi oqibatida kamida besh kishi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy Tolo News telekanali politsiya maʼlumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Politsiya xabariga koʻra, Pagʻman tumanida qurollangan shaxslar toʻy marosimidan qaytayotgan kishilarni oʻgʻirlab ketgan, soʻngra oʻldirgan. Telekanal xavfsizlik organidagi manbasiga tayangan holda oʻldirilganlar orasida mojahedlarning sobiq qoʻmondoni boʻlganini maʼlum qilmoqda. Qolgan qurbonlar uning qarindoshlari boʻlgan.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston qoʻshnilarini oʻz hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Politsiya hodisada “Tolibon”* radikal harakati jangarilarini ayblamoqda. Toliblar hozircha bunga munosabat bildirmagan.
* Rossiya va qator davlatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala