Hodisalar

Buxoroda oʻzgaga OIV infektsiyasini yuqtirgan ayolga qarshi jinoiy ish ochildi

CC0 / Unsplash / gbarkz / Siluet jenщinы
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
34 yoshli ayol OIV infektsiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Shunga qaramasdan u bilan himoya vositasiz jinsiy aloqada boʻlgan.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanida OIV infektsiyasini bila turib, oʻzgaga yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Vobkent tumanida yashovchi 34 yoshli S.D. ismli ayol 2019 yilning may oyidan beri OIV infektsiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan roʻyxatga olingan. Ayol bir necha marotaba yozma ravishda kasallikni boshqalarga yuqtirmaslik haqida ogohlantirilgan.
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Hodisalar
Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qoʻlga olindi
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda u shunga qaramasdan, Jondor tumani Dalmunobod mahallasidagi xonadonlardan birida fuqaro S.SH. bilan himoya vositasiz jinsiy aloqada boʻlgani aniqlangan.
Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4 qismi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala