Rossiya

Moskvada COVID-19 bilan kasallanish keskin oshishi sabab yangi cheklovlar joriy etildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishV Moskve usililsya kontrol za nosheniyem masok
V Moskve usililsya kontrol za nosheniyem masok     - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Sergey Sobyanin koronavirus sabab yangi cheklovlar kiritilishini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani sabab yangi cheklovlar kiritilishini maʼlum qildi.
Shunday qilib, Moskvada 13 iyundan boshlab ish beruvchilarga xodimlarining kamida 30 foizini hamda barcha 65 yoshdan yuqori va surunkali kasalliklari bor xodimlarni masofaviy ish shakliga oʻtkazish tavsiya qilindi. Bu emlangan xodimlarga taalluqli emas.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Rossiya
Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish keskin koʻpaymoqda
15 iyundan 19 iyungacha maosh saqlangan holda dam olish kunlari deb eʼlon qilindi. Shu tariqa Moskvada “uzun dam olish kunlari” 9 kun – 12 dan 20 iyungacha davom etadi.
Shuningdek, 13 iyundan 20 iyungacha hayvonot bogʻi, fudkort, bolalar oʻynashi uchun moʻljallangan xonalar faoliyati vaqtinchi toʻxtatiladi. Bu davrda kafe va klublar koʻngilochar tadbirlar oʻtkaza olmaydi. Shuningdek, soat 23:00 dan soat 06:00 gacha mijozlarni qabul qilish taqiqlanadi. Buyurtmalarni eltib berishga ruxsat beriladi.
Kecha Moskvada 6701 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu soʻnggi bir necha oydagi eng yuqori koʻrsatgichdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala