Siyosat

Oleg Malginov fuqarolarni Rossiya kuni bilan qutladi

© Ramiz BaxtiyarovPosol RF v Uzbekistane Oleg Malginov
Posol RF v Uzbekistane Oleg Malginov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Elchining soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Rossiya va Oʻzbekiston bugun barcha jabhalarda ikki tomonlama hamkorlikni maksimal kengaytirmoqda.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov barcha fuqarolarni, jumladan, respublika hududida yashayotgan vatandoshlarni Rossiya kuni bilan muborakbod etdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
“Bugungi ayyomni mehmondoʻst oʻzbek zaminida nishonlayotganimdan gʻoyat shodman. Ishonchi komilki, bayramni biz bilan minglab bu yerda xizmat vazifasi bilan boʻlib turganlar va yashayotgan Rossiya fuqarolari, million sonli vatandoshlarimiz diasporasi va shunchaki Rossiyaning minglab doʻstlari baravar nishonlamoqda”, - dedi Rossiya elchisi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Rossiya va Oʻzbekiston bugun barcha jabhalarda ikki tomonlama hamkorlikni maksimal kengaytirib, rivojlantirmoqda – siyosat va iqtisodiyotdan tortib, energetika, taʼlim va ilm-fangacha.
Rossiya va Oʻzbekiston kuni kecha nihoyalangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forum doirasida energetika, kimyoviy sanoat, respublika transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan salmoqli bitimlar tuzdi.
Oleg Malginov
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi
Rossiya elchisi soʻzlarining tasdigʻisi sifatida kuni kecha Chelyabinskda ikki tomonlama “Rossiya-Oʻzbekiston: oʻzaro foydali hamkorlikdan strategik ittifoqchilikkacha” forumi muvaffaqiyatli boʻlib oʻtganini keltirdi. Qolaversa, 16-17 iyun kunlari Tatariston rahbari Rustam Minnixanov “Tatariston-Oʻzbekiston” biznes forumida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyuradi.
Diplomat joriy yilda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida Ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtishi va bu ham oʻz navbatida ikki mamlakat mintaqalarning toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatlariga ijobiy turtki berishini urgʻuladi.
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Madaniyat
Oleg Malginov: Rus tili oʻzbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi
Tabrik soʻzining yakunida Malginov Rossiya va Oʻzbekistonga farovonlik va ravnaq tiladi.
12 iyun Rossiyaning asosiy davlat bayramlaridan biri sanaladi – Rossiya kuni. Bu ayyom Rossiya boʻylab keng nishonlanadi va dam olish kunidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala