Dunyoda

Bayden G7 sammitida qirollik qoidalarini buzdi

© REUTERS / POOLPrezident SSHA Djo Bayden narushil korolevskiy protokol na sammite "Gruppы semi" (G7) v britanskom Kornuolle
Prezident SSHA Djo Bayden narushil korolevskiy protokol na sammite Gruppы semi (G7) v britanskom Kornuolle
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Qirollik protokoliga koʻra, Britaniyadagi barcha tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelishlari shart.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden Kornuoll grafligidagi "Katta yettilik" (G7) sammitida qirollik protokolini buzdi. Bu haqda “Daily Mail” va “Mirror” nashrlari xabar bermoqda.
Qirollik protokoliga koʻra, Britaniyadagi barcha tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelishlari shart. Ammo Bayden va uning rafiqasi Jill tadbirga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan keyin 5 daqiqa oʻtib kelgan. Qirolicha bilan shahzodalar Charlz va Uilyam hamda ularning rafiqalari Kamilla Parker Boulz va Keyt Middlton ham kelgan.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Jurnalistlarning qayd etishicha, Amerika prezidenti kechikib kelishidan qirolicha norozilik bildirmagan va mehmonlar bilan xushmuomala boʻlgan.
Bayden AQSH prezidenti sifatida ilk xorijiy safarga chiqqan. U 10 iyun kuni Angliyaning Karbis-Bey shahriga tashrif buyurib, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi. 13 iyun kuni Bayden Bryusselga NATOga aʼzo mamlakatlar sammitiga boradi. 16 iyun kuni Shveytsariyada AQSH yetakchisining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala