Dunyoda

Bu yil ham Haj safari uchun xorijlik ziyoratchilar qabul qilinmaydi

© REUTERS / SAUDI PRESS AGENCYMusulmanskiye palomniki okrujayut Kaabu
Musulmanskiye palomniki okrujayut Kaabu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Bu yil Saudiya Arabistonida yashayotgan 60 ming kishigina Haj ziyoratini amalga oshirishi mumkin.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar uchun tashkil etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, bu yilgi Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.
Taʼkidlanishicha, podshohlikdagi koʻpi bilan 60 ming kishi haj ziyoratini amalga oshirishi mumkin.
Sotni musulmanskix palomnikov okrujayut Kaabu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Jamiyat
Haj mavsumi boshlangani yoʻq - Din ishlari boʻyicha qoʻmita rasmiy bayonoti
Islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi toʻliq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin boʻladi.
Bu yil Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, pandemiya sabab oʻtgan yil ham xorijliklarga Haj ziyoratiga kelishga ruxsat berilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala