Sport

Yevro-2020: Daniyaning asosiy futbolchisi maydonda hushidan ketdi

© HANNAH MCKAYKristian Eriksen
Kristian Eriksen  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Kopengagenda oʻtgan oʻyinda Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen kutilmaganda maydonga yiqilib tushdi.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Futbol boʻyicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Daniya va Finlyandiya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Kopengagenda oʻtgan oʻyinda kutilmagan noxush holat sodir boʻldi. Hech qanday toʻqnashuvsiz oʻyinning 43-daqiqasida Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen kutilmaganda maydonga yiqilib tushdi. Futbolch oʻng qanotdan oldinga qarab harakatlanayotgan vaqtda muvozanatni yoʻqotib, hushidan ketdi.
Kristian Eriksen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Kristian Eriksen
Jamoadoshlari uning tili orqaga ketib qolishining oldini olishga harakat qilishdi. Shundan soʻng shifokorlar darhol maydonga chaqirildi, Daniya terma jamoasi shifokorlaridan tashqari, reanimatsiya guruhi ham jalb qilindi. Tibbiy yordam toʻgʻridan-toʻgʻri maydonda koʻrsatildi.
© FRIEDEMANN VOGELFutbolistы sbornoy Danii
Futbolistы sbornoy Danii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Futbolistы sbornoy Danii
Daniya terma jamoasi futbolchilari tafsilotlar kameralarga tushmasligi uchun jonli devor yasadi. Reanimatsiya muolajasi muvaffaqiyatli yakunlangach, Eriksen maydondan olib chiqib ketildi.
© FRIEDEMANN VOGELFutbolist Kristian Eriksen
Futbolist Kristian Eriksen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Futbolist Kristian Eriksen
Kristian hozir kasalxonada va uning ahvoli barqarorlashgan. U oʻzi nafas olmoqda va gapirmoqda.
Bu voqea butun futbol olami va muxlislarni larzaga soldi. Dunyoning barcha jamoalari va futbol yulduzlari Kristianga sogʻliq tilaydi. Uning yaqinlari va oila aʼzolariga dalda berishdi.
Ushbu hodisa sabab Yevro-2020 doirasidagi Daniya – Finlandiya oʻyini ikki soatga vaqtincha toʻxtatildi. Oʻyin qayta tiklangandan keyin Daniya 0:1 hisobda imkoniyat finnlarga boy berdi.
Jaloliddin Masharipov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Sport
CHM-22 saralashi: Oʻzbekiston Yaman ustidan gʻalaba qozondi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala