Rossiya

Putin Rossiya-AQSH sammiti maqsadini maʼlum qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvdan oldin ular shaxsiy aloqalarni qayta tiklashlari, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyishlari zarurligini maʼlum qildi.
“Gaplashadigan narsalar bor. Shunday umumiy mavzular bor. Biz bu uchrashuvdan keyin barcha sohalar boʻyicha ish mexanizmini yaratsak, oʻylashimcha, bu yaxshi boʻlgan boʻlardi, uchrashuv bekorga boʻlmadi deb aytish mumkin boʻlardi”, - dedi Putin “Smotrim” platformasida koʻrsatilgan intervyuda.
Jeneva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
OAV Putin va Baydenning Shveytsariyadagi uchrashuvining ehtimoliy joyini xabar qildi
Putin Oq uy ham buni aytayotganini eslatdi: har ikkila tomonni qiziqtirgan bir qancha masalalar bor – strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar, jumladan, Liviya va Suriyadagi. Shuningdek, Putin kiberxavfsizlikni tilga oldi va uni eng muhimlaridan biri ekanini urgʻuladi.
Rossiya rahbari oliy darajadagi uchrashuvlardan oldin uning ishtirokchilari ish uchun qulay muhim yaratish uchun negativ gap-soʻzlarni kamaytirishga harakat qilishlarini taʼkidladi.
Putin va Bayden birinchi marta Rossiya va AQSH prezidentlari sifatida 16 iyun kuni Jenevada uchrashishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala