Iqtisod

BAA Orolboʻyida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratishda qatnashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gargavi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gargavi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda koʻp qirrali Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Amirliklar tomoni Oʻzbekiston prezidentining Orolboʻyi mintaqasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratish tashabbusini amalga oshirish doirasida yangi loyihaviy taklifini taqdim etdi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda muqobil energetikani rivojlantirish va energetika obʼyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy agrosanoat klasterlarini tashkil etish, tadbirkorlikka oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya kompaniyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihalar hamda qator muhim ijtimoiy dasturlar izchil amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.
Vid na Aralskoye more s vыsotы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Siyosat
Rezolyutsiya qabul qilinishi Orolboʻyi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi – Safoyev
Uchrashuv yakunida Amirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi, uzoq muddatli yangilanishlar dasturini shakllantirish va innovatsion taraqqiyot yoʻliga oʻtish borasidagi ilgʻor tajribasini keng joriy qilishga qaratilgan qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala