Jamiyat

Birinchi sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPervыy zvonok v Tashkente
Pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. 2021-2022 oʻquv yili uchun umumtaʼlim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin.
Vazirlik xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumtaʼlim maktablari uchun mavjudligini eslatgan.
Pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Jamiyat
Oʻn beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi
Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sigʻimidan kelib chiqib, boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshimcha oʻquvchilar oʻrni (kvota) ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala