Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar misli koʻrilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda

© Press-slujba prezidenta Respubliki Tatarstan / Mikhail FrolovPrezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov na vstreche s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovыm.
Prezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov na vstreche s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovыm. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar misli koʻrilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Minnixanov 16-17 iyun kunlari Oʻzbekistonda ishchi tashrifi bilan boʻlib turibdi.
“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar hozir misli koʻrilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda. Tatariston Respublikasi Sizning rahbarligingiz ostida Rossiya Federatsiyasining eng muvaffaqiyatli hududlaridan biridir. Ishonchim komilki, bu tashrif munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirishga imkon beradi”, - dedi Aripov.
Tatariston yetakchisi respublika Oʻzbekiston bilan oʻzaro hamkorlikni faol rivojlantirayotganini taʼkidladi. Joriy yil aprelida Toshkent shahri va viloyati hokimlari, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Rossiya mintaqasiga tashrif buyurgandi. Minnixanovning soʻzlariga koʻra, bu hududlar rivojlanining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishga imkon bergan.
Rustam Minnixanov pribыl v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Iqtisod
Tataristonda Oʻzbekiston savdo vakolatxonasi ochiladi - Umurzakov
“Delegatsiyalarning aynan shunday oʻzaro tashrifi yangi tajriba orttirish va ish munosabatlarini yoʻl qoʻyishga imkon beradi”, - deb qoʻshimcha qildi u.
Minnixanovning Oʻzbekistonga tashrifi dasturidan biznes forumda ishtirok etish, ishbilarmonlar va respublikada istiqomat qilayotgan tatar diasporasi bilan uchrashish, TEXNOPARK MCHJga tashrif buyurish kabilar oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala