Iqtisod

Tataristonda Oʻzbekiston savdo vakolatxonasi ochiladi - Umurzakov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRustam Minnixanov pribыl v Tashkent
Rustam Minnixanov pribыl v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Oʻzbekiston va Tatariston biznesmenlari duch kelayotgan barcha muammolar hukumat darajasida hal qilinadi - Umurzakov.
TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Tataristonda Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston va Tatariston biznes forumida maʼlum qildi.
Vazir aytishiga koʻra, Tataristonda ochiladigan vakolatxona Rossiyaning Moskva shahrida yaqin vaqt ichida ochiladigan Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasining filiali boʻlib u yerda kamida ikki nafar xodim ishlaydi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Iqtisod
Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori
Bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan biznes forumda Sardor Umurzakov Shuningdek, Oʻzbekiston va Tatariston xalqlari madaniy yaqin ekanini hamda koʻp asrlik iqtisodiy hamkorlik rishtalariga ega ekanini qayd etib, ushbu aloqalarni aniq natijalarga aylantirish vaqti kelganini ishonch bilan taʼkidladi.
Shuningdek, Umurzakov ushbu tashrif Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning Oʻzbekistonga 4-atshrifi boʻlsada, ikki Respublika orasidagi iqtisodiy aloqalar yetarli darajada rivojlanmayotganini, kerakli natijalarga erishilmayotganini aytib oʻtdi.
“Biz uchrashuvdan uchrashuvgacha yoki forumdan forumgacha emas doimiy ravishda koʻproq sifatliroq ishlashimiz kerak”, - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, Umurzakov, Oʻzbekistonda 200 ming kishidan iborat tatarlar diasporasi borligini hamda Tataristonda 9 ming kishilik oʻzbek diasporasi borligini qayd etdi va “ular ham ushbu hamkorlikdan natijalar kutishayotganini” maʼlum qildi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston va Tatariston biznesmenlari duch kelayotgan barcha muammolar hukumat darajasida hal qilinishini maʼlum qildi.
Bugun Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Kun tartibida biznes-forumda ishtirok etish, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish hamda Toshkent viloyatidagi texnoparkka tashrif buyurish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala